Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi yangi rahbari bilan uchrashdi

Teraviy O‘zbekiston tomoniga doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Afg‘oniston nomidan minnatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi, deyiladi TIV xabarida.
“Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, ishlatilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Teraviy O‘zbekiston tomoniga doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Afg‘oniston nomidan minnatdorlik bildirdi.