Matbuot markazi

O‘zbekiston va Rossiya mehmondo‘stlik sohasida qanday hamkorlik qilmoqda — video

Ekspertlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida restoran va sayyohlik biznesidagi hamkorlik istiqbollari hamda tajriba almashish rejalari haqida ma’lumot berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasidagi innovatsion trendlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga Rossiya restoratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi prezidenti Igor Buxarov va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Marketing tadqiqotlari, milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mirjalilov taklif etilgan.
Ekspertlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida restoran va sayyohlik biznesidagi hamkorlik istiqbollari hamda tajriba almashish rejalari haqida ma’lumot berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 8–10 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonida O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaga Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyodan 50 nafardan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular mehmonxona, restoran va tegishli sohalardagi so‘nggi ishlanmalar va yutuqlarni taqdim etishadi.