Toshkentda “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” I xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda — video

Ko‘rgazmada 50 tadan ortiq mahalliy va xalqaro kompaniya ishtirok etmoqda va HoReCa sohasi uchun oziq-ovqat, ichimliklar, mebel, to‘qimachilik, shaxsiy gigiyena va kosmetika mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Sputnik
Bundan tashqari, tadbir davomida ishtirokchilar respublikada mehmonxona va restoran biznesini rivojlantirish, shuningdek, ekoturizm va "yashil" texnologiyalarga o‘tish kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Ko‘rgazmada Rossiya ishlab chiqaruvchilari ham ishtirok etmoqda.

“Biz O‘zbekistondagi mehmonxonalarga matras yetkazib beramiz, eng yorqin loyihalardan biri bu “Silk Road” majmuasidir. Majmua hududida joylashgan barcha mehmonxonalarda bizning matraslarimiz bor. Biz ko‘rgazmaga O‘zbekiston hamda Osiyo mintaqasidagi boshqa mehmonxonachilar bilan uchrashish uchun keldik. O‘zbekiston bozori juda jozibali. So‘nggi tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, u faol rivojlanmoqda: ko‘p narsalar qurilmoqda va ko‘p mehmonxona brendlari bu bozorga kirmoqda. Biz ushbu tarmoqlarda akkreditatsiyadan o‘tganmiz. Va ularning standartlariga muvofiq, mahsulotlarni yetkazib beramiz, shu bois bu yerdagi barcha loyihalarda ishlash qiziq”, — dedi “Askona” HoReCa yo‘nalishi boshlig‘i Artom Korobkov.

Tadbir 10-oktabrga qadar davom etadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.