MDH yetakchilari hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qanday qarorlar qabul qilishdi?

Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
MDH yetakchilari quyidagilarga kelishib oldi:
2025 yilda MDHga raislik Tojikiston Respublikasiga o‘tadi. Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 10-oktabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
G‘alabaning 80-yilligi: Davlat rahbarlari MDH xalqlari va jahon hamjamiyatiga Murojaatnomani qabul qilib, fashizmni oqlashga urinishlarni qoralab, uning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdi.
Namunaviy qonun ijodkorligi va gumanitar hamkorlik: MDH Parlamentlararo Assambleyasi faoliyati, jumladan, rus tilini targ‘ib qilish va “Xotira poyezdi” kabi yoshlar loyihalarini amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.
MDHning madaniy poytaxtlari: Lochin (Ozarbayjon) 2025-yilda, Megri (Armaniston) – 2026-yil, Molodechno (Belarus) – 2027-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘ladi.
Deradikalizatsiya dasturi: O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan dastur qabul qilingan bo‘lib, u radikalizmga barham berish va bu boradagi xalqaro huquqiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Huquqiy ta’lim yili: 2027-yil MDHda huquqiy madaniyat darajasini oshirish, fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlarini yetkazish maqsadida “Huquqiy ta’lim yili” deb e’lon qilindi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlik: rahbarlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida tartibga soluvchi muvofiqlashtirishni qo‘llab-quvvatlovchi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi bayonotni qabul qilishdi.
“Mehnat shuhrati shahri faxriy unvoni. 1941–1945”: G‘alabaga katta hissa qo‘shgan, Ulug‘ Vatan urushi yillarida mehnat qahramonligini ko‘rsatgan shaharlar uchun yangi unvon ta’sis etildi.
Bayonotda qayd etilishicha, mazkur qarorlar tarixiy xotirani asrab-avaylash, zamonaviy chaqiriqlarga qarshi turish va birgalikdagi taraqqiyotga ko‘maklashish uchun MDH doirasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlaydi.
Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?