MDH bosh kotibi o‘rinbosari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Ilhom Ne’matovga mukofot Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mukofot Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida topshirildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal uchastie v sammite SNG
“MDH davlatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Ilhom Ne’matov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Ne’matov 2021-yil yanvaridan beri MDH bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bu lavozimda u MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlarning MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyadagi vakolatli vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashining iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha majlislariga tayyorgarlik ko‘rishni muvofiqlashtiradi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, ularning bo‘linmalari va institutlari bilan iqtisodiy va huquqiy (iqtisodiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash) masalalari bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirish uchun mas’uldir.
Sohaviy hamkorlik organlari bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ilhom Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Turli vaqtlarda Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Braziliya va Kanadadagi diplomatik vakolatxonalarni boshqargan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik unvoniga ega.
MDH yetakchilari hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qanday qarorlar qabul qilishdi?