O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistondagi saylovlarda MDH PA kuzatuvchilariga rahbarlik qiladi

Valentina Matviyenkoning buyrug‘i bilan Talaybek Masabirov guruh koordinatori etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Talaybek Masabirov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi uchun MDH PA kuzatuvchilari guruhi koordinatori etib tayinlandi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda MDH PA xalqaro kuzatuvchilari guruhi ishlaydi.
“MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning buyrug‘i bilan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Talaybek Masabirov guruh koordinatori etib tayinlandi”, — deyiladi xabarda.
Guruh tarkibiga MDH mamlakatlari parlamentlari vakillari, Assambleya xodimlari va Demokratiya rivojlanishini monitoring qilish xalqaro instituti ekspertlari kiradi.
Kuzatuvchilar O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayevning taklifiga binoan ovoz berish jarayonini kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga 22-sentabrdan ruxsat berilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev O‘zbekiston saylovda Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
MDH missiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatishga kirishdi