O‘zbekiston va YeOII

YeIK: MDH bilan hamkorlik xalqaro kun tartibining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi

YeIK raisi bir kun avval Moskvada MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. MDH bilan o‘zaro hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xalqaro kun tartibining an’anaviy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Komissiya raisi bir kun avval Moskvada MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.
“MDH bilan o‘zaro hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xalqaro kun tartibining an’anaviy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda ikkita qo‘shma tadbirlar rejasi amalga oshirildi, uchinchi qo‘shma reja hozirda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
2021 yildan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish nuqtayi nazaridan YeOII qonunlari va Hamdo‘stlik meyoriy-huquqiy bazasini integratsiyalash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.
MDH tuzilmalari bilan sohaviy muloqot monopoliyaga qarshi siyosat, standartlashtirish va o‘lchovlar bir xilligini ta’minlash, elektroenergetika, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, statistika kabi sohalarda izchil rivojlanmoqda.

“Yevrojsiyo makonida o‘ziga xos savdo-iqtisodiy, transport va logistika afzalliklari mavjud. YeOII va MDH ishtirokchilarining salohiyatini bog‘lash ushbu hamkorlik samarasini sezilarli darajada oshirishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi o‘rtasidagi muloqot 2012-yilda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi bilan boshlangan. 2018-yilning noyabr oyida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha vyemorandum imzolagan edi.