Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 8-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari MDH doirasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashishadi va 2025-yilda Hamdo‘stlikka raislik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.
Davlat rahbarlari Hamdo‘stlikning yaqin uch yilga madaniy poytaxtlari deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorlarni imzolashadi, huquqiy sohada, shuningdek, xavfsizlik sohasida hamkorlikka oid qator hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Yig‘ilishda MDH davlat rahbarlarining qator bayonotlari ham qabul qilinishi kutilmoqda.