TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar va MDH formatidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashishdi. Keng tarkibda Tashqi ishlar vazirlari kengashi a’zolari MDHga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bayonotini muhokama qilish va qabul qilish niyatida.
Tashqi ishlar idoralari rahbarlari, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali Tashqi ishlar vazirliklariaro maslahatlashuvlar rejasi bo‘yicha qarorlar, Xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi, Ashxobod shahrini Hamdo‘stlikning yangi sport imkoniyatlari shahri deb e’lon qilishga bag‘ishlangan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini qabul qilishdi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda to‘rtta yangi tayanch tashkilot – targ‘ibot, ommaviy axborot vositalari va ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish yo‘nalishlarida tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.