O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish xizmati paydo bo‘ladi

Foydalanish masofaviy va bepul bo‘lib, kengaytirilgan qidiruvni o‘tkazish va turli mezonlar va filtrlardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari hukumatlariga muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektlari to‘g‘risida ma’lumot izlash imkonini beruvchi xizmat loyihasini tasdiqlash uchun yuboriladi, deb xabar beradi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Komissiyaning aniqlik kiritishicha, bitim Ittifoq davlatlarida ro‘yxatga olingan tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot resursini yaratish imkonini beradi.

“Umumiy qidiruv xizmatining joriy etilishi YeOII mamlakatlarida ro‘yxatga olingan sanoat mulki obyektlari haqidagi ma’lumotlarga “bir darcha” tamoyili asosida kirish imkonini beradi. Foydalanish masofaviy va bepul bo‘lib, kengaytirilgan qidiruv o‘tkazish hamda turli mezon va filtrlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — dedi YeIK iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov.

Bunday qidiruv serverini Ittifoq doirasida tashkil etish axborot so‘rashda vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi, shuningdek, bozor ishtirokchilari uchun yanada samarali marketing strategiyalarini shakllantirish imkonini beradi.
Matbuot markazi
O‘zbekiston YeOII uchun muhim hamkordir – Barsegan