O‘zbekiston Eron bilan turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Turizm qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim yo‘nalishlari orqali turistik oqimlarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor berildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Eron turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv meromandumini ishlab chiqadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Turizm qo‘mitasida Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri o‘rinbosari Maram Jaloli Dehkordi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlatlar o‘rtasida ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim yo‘nalishlari, orqali turistik oqimlarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor berildi.
“Barcha yo‘nalishlar va jihatlarni o‘zida qamragan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv meromandumini birgalikda ishlab chiqish borasida kelishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, mamlakatlarda o‘tkaziladigan turizm tadbirlariga ishtirok etish, press va infoturlar turlar tashkil qilish, turizm sohasida kadrlar malasini oshirish va qator masalalarda masalalarida atroflicha fikr almashildi.