Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb tan olindi

Qozog‘iston MSK mamlakatda atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha referendumni bo‘lib o‘tgan deb tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozog‘iston aholisining yarmidan ko‘pi mamlakatda atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha referendumda ovoz berdi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sabila Mustafina ma’lum qildi.
Golosovanie na obshenatsionalnom referendume po stroitelstvu AES v Kazaxstane.

"Jami bo‘lib 14:00 da butun mamlakat bo‘ylab 6 million 339 ming 425 fuqaro saylov bulletenlarini oldi, bu ovoz berish ro‘yxatiga kiritilganlarning 51,77 foizini tashkil etadi", — dedi Sabila Mustafina.

Shunday qilib, referendum bo‘lib o‘tgan deb tan olindi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ostonada aholining 45 foizdan ortig‘i, Olmaotada — 16 foizdan ko‘prog‘i, Chimkentda — 64 foizdan ortig‘i ovoz bergan.
Ma’lumot uchun, bugun respublikada Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.