TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Muhammadsodiq Sodiqov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Sport vazirligi.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri dzudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu jahon chempionatida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Muhammadsodiq Sodiqov jahon chempionligi uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Nozomu Mikiga ustidan g‘alaba qozondi.
Muxammadsadik Sadikov zavoyeval zolotuyu medal na chempionate mira sredi yuniorov po dzudo
© Ministerstvo sporta
Jahon chempionatining ilk kunida Murodil Murodillayev O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medalini keltirgan edi. Yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy bergan Murodillayev uchinchi o‘rin uchun bahsda AQSh vakili Jonatan Yangni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.