TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Toshkentda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallari direktorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Biz 2030-yilgacha tarmoqni rivojlantirish strategiyasini tayyorladik. U nafaqat tarbiyaviy, balki ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy qismni ham o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, asosiy e’tibor iqtidorli va qobiliyatli abituriyentlarni jalb qilishga qaratiladi. Turli soha va universitetlararo olimpiadalar o‘tkazamiz, shuningdek, O‘zbekistondagi Rossiya universitetlarining filiallari o‘rtasida aloqani rivojlantiramiz”, — dedi Moskva Po‘lat va qorishmalar instituti Olmaliq filiali direktori Farxodbek Umarov.
Uchrashuvda Rossiya OTMlari filiallari rahbarlari abituriyentlarni qabul qilish, Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarini rivojlantirish rejalari va istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tadbir “Bilimlar kuni” ta’lim festivali doirasida tashkil etildi.
Tadbir “Bilimlar kuni” ta’lim festivali doirasida tashkil etildi.