TOShKENT, 5 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
"Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek prezidentlar O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Xususan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Undan tashqari O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.