TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
“Sizning rahbarligingizda Tojikiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan muvaffaqiyatli bormoqda va mintaqaviy va xalqaro munosabatlarda muhim konstruktiv rol o‘ynamoqda.
“Sizning rahbarligingizda Tojikiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan muvaffaqiyatli bormoqda va mintaqaviy va xalqaro munosabatlarda muhim konstruktiv rol o‘ynamoqda.
Rossiyada sizning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, KXShT, MDH va ShHT doirasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlanadi”, — deyiladi telegrammada.
Rossiya prezidentining hamkasabasiga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.