TOShKENT, 5 okt Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Sport vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘yinlar direksiyasi, musobaqa sanalari va ular o‘tkaziladigan inshootlar, dasturdan o‘rin oladigan sport turlari, shuningdek, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar, akkreditatsiya masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Osiyo o‘yinlarini o‘zbek mexmondo‘stligi, uzoq yillik shonli tarixi va madaniyatini namoyon qilgan xolda o‘tkazish lozimligini aytib o‘tdi.
Adham Ikramov Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarining maskot va logotiplarining rasmiy taqdimotini o‘tkazish bo‘yicha taklifni qildi.
V NOK sostoyalos obsujdenie Aziatskix molodejnix Igr "Tashkent-2025"
© NOK
Hay’at yig‘ilishida sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Ravshan Irmatov va Sherzod Tashmatov, shuningdek, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari rasmiylari hamda viloyat sport boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.
V NOK sostoyalos obsujdenie Aziatskix molodejnix Igr "Tashkent-2025"
© NOK