Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ozod qilingan Ugledardan birinchi videolavha

Payshanba kuni Ugledar to‘liq Rossiya bo‘linmalari nazorati ostiga o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Rossiya qo‘shinlari 3-oktabr kuni Ugledarni ozod qilgan edi. Bugun ushbu shaharda olingan birinchi videokadrlar paydo bo‘ldi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Ugledar atrofidagi halqa keskinlasha boshlagan va rus qo‘shinlari shimoldagi so‘nggi qochish yo‘lini nazoratga olgan paytda Ukraina askarlari vahima ichida o‘z pozitsiyalaridan qochishga kirishgan.

"Sharq" qo‘shinlari guruhining snayper bo‘linmalari askarlarining so‘zlariga ko‘ra, Ugledar atrofidagi halqa qisqara boshlaganida va bizning qo‘shinlarimiz shimoldagi oxirgi qochish yo‘lini nazoratga olganlarida, qolgan ukrainalik askarlar vahima ichida qochib ketishni boshladilar", - deyilgan xabarda.

Ugledar strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgani uchun Ukraina qo‘mondonligi uni so‘nggi damga qadar eng kuchli jangovar bo‘linmalar va ko‘plab zirhli texnika yordamida himoya qilishga urindi.
Lekin sentabr oyining oxirida Rossiya qo‘shinlari shaharni ikki tomondan Vodanoe va Prechistovka aholi punktlari orqali iskanjaga olishdi va UQKning asosiy ta’minot yo‘lini to‘sib qo‘yishdi.
"Sharq" kuchlarining dengiz piyodalarining T-80BVM tank ekipajlarining malakali harakatlari Ukraina Qurolli kuchlarining Ugledardagi so‘nggi istehkomlarini egallab olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Payshanba kuni Ugledar to‘liq Rossiya bo‘linmalari nazorati ostiga o‘tdi.

Ugledar — strategik muhim nuqtada joylashgan bo‘lib, uning yonidan Ukraina armiyasini ta’minlovchi muhim temir yo‘l o‘tgan. Ukraina Qurolli kuchlari bu yerni 10-yil davomida mustahkam istehkomga aylantirgan edi. Shahar qo‘lga olinishi bilan u yerdagi ko‘p kilometrlik yerosti yo‘llari ham va boshpanalari ham Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tgan. Ayni damda shaharda 115 nafarga yaqin tinch aholi qolmoqda.
Ugledar Ukraina Qurolli kuchlarining Janubiy Donesk yo‘nalishidagi so‘nggi asosiy tayanch nuqtasi edi. Endi rus qo‘shinlari Zaporojye viloyati va Kuraxovo bilan chegaradagi Velikaya Novoselka bo‘ylab oldinga siljishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Ugledarning ozod qilinishi Donesk-Mariupol avtomagistralini va Volnovaxani Ukraina hujumlari xavfidan xoli qildi.