TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov Ostonada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida MDH xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli operatsiyalar haqida aytib berdi.
Xususan, Belarus maxsus xizmatlari bilan birgalikda Rossiya armiyasining yuqori lavozimli zobitlariga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish, harbiy mahsulotlar va tarkibida platina bo‘lgan xomashoni chet elga olib chiqishga urinishlarga aloqador shaxslar aniqlandi va jinoyatlarning oldi olindi, dedi u.
Xususan, Belarus maxsus xizmatlari bilan birgalikda Rossiya armiyasining yuqori lavozimli zobitlariga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish, harbiy mahsulotlar va tarkibida platina bo‘lgan xomashoni chet elga olib chiqishga urinishlarga aloqador shaxslar aniqlandi va jinoyatlarning oldi olindi, dedi u.
"Shuningdek, iyul oyida O‘zbekiston DXX ma’lumoti asosida “Viloyat Xuroson*” terrorchilik tashkilotining 10 nafar jangarisi, “Islomiy davlat*” va "Hayat Tahrir ash-Shom*" xalqaro terrorchilik tashkilotlarining besh nafar a’zosi Rossiya hududida qo‘lga olindi. Ular o‘z saflariga yangi a’zolarni yollash va noqonuniy faoliyatni moliyalashtirish bilan shug‘ullanganlar”, - dedi FXX rahbari.
Bortnikov, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan operatsiyalar tafsilotlarini ham oshkor qildi.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ko‘magida Rossiya hududida ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etgani uchun avval davlatlararo qidiruvga berilgan to‘rt nafar fuqaro aniqlanib qo‘lga olindi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlarining faqat bittasi natijasida to‘rt tonnaga yaqin narkotik moddalarni aniqlash va musodara qilish mumkin bo‘ldi, dedi Bortnikov.
Rossiya FXX direktorining so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi oylardagi qo‘shma ish natijalarining bir nechta misollari xolos.
Bortnikovning aytishiga ko‘ra, Hamdo‘stlik mamlakatlarida ichki siyosiy vaziyatning rivojlanishi va davlatlar xavfsizligi MDH davlatlari Xavfsizlik xizmatlarining konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash, xalqaro terrorizm, transmilliy jinoyatlar, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi birgalikdagi va professional harakatlariga bevosita bog‘liq.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.