TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston aviakompaniyasi Iroq va Eronning g‘arbiy qismi havo hududi orqali parvozlarni amalga oshiradi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
Qayd etilishicha, fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2-oktabrdan "Uzbekistan Airways" Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda muntazam parvozlarni amalga oshiradi. Bu aniq ko‘rsatmaga qadar davom etadi.
"Uzbekistan Airways" parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent - Tel-Aviv - Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi", — deyiladi xabarda.
Bunday qarorga Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq kelingan.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani sabab Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent reysi 1-oktabr kuni majburiy kechiktirildi. Samolyot Samarqandga mahalliy vaqt bilan taxminan 2-oktabr soat 4:00 da yetib kelgan. Toshkentga taxminan 2-oktabr soat 6:20 da qo‘ngan.