TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya tomoni Livanning Moskvadagi elchixonasini Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyotini Livanga gumanitar yordam yuki bilan jo‘natish rejalari haqida xabardor qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Moskvadagi elchi Shauki Bu Nassar ma’lum qildi.
Aytilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov elchiga yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda samolyotning jo‘nab ketishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.
"Janob Bogdanov menga payshanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti Livanga uchib, turli insonparvarlik yordami va tibbiy buyumlarni yetkazib berishini aytdi", — dedi elchi.
Bu Nassar Rossiya tomoniga ko‘rsatgan yordami uchun katta minnatdorchilik bildirib, Livan hozirda bunday yordamga muhtoj ekanini ta’kidladi.