TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Isroil tashqi ishlar vaziri Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrishni persona non-grata deb e’lon qildi va mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Isroil tashqi ishlar vaziri Kas bugun (chorshanba) BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroilda persona non-grata deb e’lon qilib, uning mamlakatga kirishini taqiqlaganini aytdi. Bu qaror Guterrishning Eronning Isroilga qarshi jirkanch hujumiga munosabatini hisobga olgan holda qabul qilindi, bunda u... uning jiddiy agressiyasini so‘zsiz qoralamadi”, — deyiladi xabarda.
Persona non grata — diplomatik atama bo‘lib, u yoki bu sabablarga ko‘ra ma’lum bir davlat, muassasa yoki jamiyatda "istalmagan" shaxs. Shuningdek, qabul qiluvchi davlat yoki davlatlar ittifoqi hukumati tomonidan nomaqbul deb e’lon qilingan diplomatik vakil. Xalqaro shartnomalarga ko‘ra, bunday shaxs diplomatik immunitetga ega va unga ma’lum bir davlat chegaralarida ta’sir o‘tkazish amalda mumkin emas. Biroq u persona non grata deb e’lon qilinishi va keyingi tashriflarni taqiqlab, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.