O‘zbekiston va YeOII

Anons: YeOII mamlakatlarining 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorligi ko‘rib chiqiladi

Videoko‘prik mehmoni sifatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Shu yilning 4-oktabr kuni soat 15:00 da III Yevroosiyo iqtisodiy forumi yakunlariga bag‘ishlangan “Moskva – Minsk – Yerevan – Bishkek – Ostona – Toshkent” videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Videoko‘prik mehmoni sifatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan taklif etilgan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etadi.
Ishtirokchilar quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishadi:
Hukumat rahbarlari 2030-yilgacha bo‘lgan strategik hujjatda YeOII doirasida sanoat kooperatsiyasining qaysi yo‘nalishlarini ma’qullashdi?
Ittifoqning sanoatlashtirish xaritasi qanday ishlaydi?
Qishloq xo‘jaligi bozorini o‘zgartirish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida qanday raqamli xizmatlar ishlab chiqilmoqda?
Import o‘rnini bosish sohasida qanday qo‘shma loyihalar tasdiqlandi?
Eslatib o‘tamiz, III Yevroosiyo iqtisodiy forumi Yerevanda 30-sentabr – 1-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Forumning bu yilgi asosiy mavzusi “YeOII 10-yilligi: istiqbollar va ustuvorliklar”. Unda YeOII strategik rivojlanishi, har tomonlama hamkorlik va texnologik hamkorlik, raqamlashtirish, transport infratuzilmasi va logistikasini rivojlantirish, ichki bozor sifati va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOIIga mehnat migratsiyasi bo‘yicha taklif bilan chiqdi