O‘zbekiston paralimpiyachilari tarixdagi eng yaxshi natijalarga qanday erishishdi - video

Matbuot anjumanida Asadbek Toshtemirov va Bobur Qo‘ziyev Olimpiya o‘yinlaridagi qiyinchiliklar, keyingi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida so‘zlab berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida para taekvondochi Asadbek Toshtemirov va para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bobur Qo‘ziyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mehmonlari Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishda yengib o‘tilgan qiyinchiliklar, keyingi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida so‘zlab berishdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28-avgustdan 8-sentabrgacha Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida K44 klassining -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Asadbek Toshtemirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U chempionlik jangida meksikalik Luis Naxeraga hech qanday imkon qoldirmadi.