TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlariga mehnat migratsiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni elektron almashishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
“Biz raqamli hujjatlarni o‘zaro tan olish uchun elektron xizmat ko‘rsatish tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz”, - dedi Aripov Yerevandagi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zlayotib.
Bosh vazir forum ishtirokchilariga mehnat migratsiyasi hamda xorijdagi ijtimoiy ehtiyojmand shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron almashishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratishni taklif qildi.
Aripovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston fitosanitariya hujjatlarini elektron almashishni yo‘lga qo‘yishga tayyor.