O‘zbekiston va YeOII

Mishustin YeOII mamlakatlarini IT sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikka chaqirdi

Ta’kidlanishicha, murakkab uskunalarni yaratish bo‘yicha dasturchilar, muhandislarga Ittifoqning barcha davlatlarida talab yuqori.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini axborot texnologiyalari (IT) sohasi uchun kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Biz birgalikda kadrlar tayyorlashda ham birga to‘planishimiz va diqqatimizni qaratishimiz kerak. Murakkab uskunalarni yaratish bo‘yicha dasturchilar, muhandislar va katta ma’lumotlar tahlilchilarga Ittifoqning barcha davlatlarida talab yuqori”, - dedi Mishustin Yerevanda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zlayotib.

Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2019-yildan buyon oliygohlarda IT-mutaxassisligi uchun budjet o‘rinlari 2,5 baravarga ko‘paytirilgan.
“Hozir yirik IT kompaniyalarini ular oliygohlarda ta’lim dasturlarini yaratish va amalga oshirishda qatnashishlari uchun jalb qilmoqdamiz. Biz bu borada Yevroosiyo “beshligi” hamkorlari bilan hamkorlikka ochiqmiz”, - dedi Mishustin.
O‘zbekiston va YeOII
Yerevanda III Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda