Dilfuza Allayarova – sevimli o‘qituvchi va marafon bo‘yicha jahon chempioni

Dilfuza Allayarova Yuqorichirchiq tumanida o‘zbek sinflarda rus tilidan, rus sinflarida esa o‘zbek tilidan saboq berib kelmoqda. Shu bilan birga u marafon bo‘yicha jahon birinchiligini qo‘lga kiritgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Dilfuza Allayarova har bir o‘quvchisini nomma-nom biladi va taniydi. U ta’lim bergan o‘quvchilarning hisobi yo‘q. Chunki u Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi o‘zining jonajon 7-sonli umumta’lim maktabida 33-yildan buyon dars berib kelmoqda.
Uzbekistanka Dilfuza Allayarova — lyubimiy uchitel i chempion mira po marafonu
Allayarova maktabda a’lo baholarga o‘qigan, basketbol bilan shug‘ullangan va tuman va viloyat bosqichidagi musobaqalarda qatnashgan. Shu bois o‘qish uchun oliygohni tanlash vaqti kelganida u jismoniy tarbiya yo‘nalishini tanlashga qaror qilgan. Biroq onasi unga boshqa yo‘nalishni tanlashni maslahat bergan va bu bilan uning e’tirofga sazovor kasb egasi bo‘lib yetishiga sababchi bo‘lgan.
"Men onamning gapiga quloq solganman, u kishi "Sen albatta pedagogika institutiga kirishing kerak, u yerda esa istasang, sport bilan shug‘ullanishing mumkin" degan edilar. O‘sha paytda Rossiya oliygohlariga milliy guruhlarni saralab olishardi. Men Nijniy Novgorod davlat pedagogika instutitiga o‘qishga kirish baxtiga muyassar bo‘lganman”, - deya eslaydi pedagog.
U rus tilini sevib o‘rgangani uchun o‘qishga kirishda qiynalmagan va hozirgacha o‘zining birinchi o‘qituvchisi – Mariya Mixaylovna Zimovinani iliq xotiralar bilan yodga oladi.
“Bu fanga bo‘lgan muhabbatni menga u kishi singdirgan. U paytlar gadjet va interaktiv doskalar bo‘lmagan, biroq u kishi bizga biror bir asarni shunchalik qiziq hikoya qilib berardiki, biz xuddi kino ko‘rgandek bo‘lardik”, - deydi Allayarova.
U har kimning ham qo‘lidan o‘qituvchi bo‘lish kelmasligi va buning uchun tabiatan shu kasb egasi bo‘lib tug‘ilish kerak deb hisoblaydi. Bolalar bilan ishlash uchun ularni sevish, ularga sirdosh do‘st, joyi kelganda psixolog bo‘lmoq darkor.
Rossiyada o‘qishni tamomlab, Allayarova o‘ylab o‘tirmasdan vatanga qaytdi va maktabga ishga kirdi. Hozirgacha bolalarga ta’lim berib kelmoqda. U o‘zbek sinflarda rus tilidan dars beradi, rus sinflariga o‘zbek tilini o‘rgatadi.
U nafaqat pedagogika sohasida, balki sportda ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Turli marafonlarda qatnashib keladi.
Uzbekistanka Dilfuza Allayarova — lyubimiy uchitel i chempion mira po marafonu
Allayarovaning sportga bo‘lgan qiziqishi va uning chidamligiga "Runteam" yugurish klubi asoschisi Marina Xmelevskaya e’tibor qaratgan. Hozir uni xalqaro musobaqalarga tayyorlamoqda.

“O‘rtamizda jiddiy suhbat bo‘ldi, men Dilfuzaga shunchaki qatnashish va medal uchun emas, balki u g‘olib bo‘lib, pul ishlashi mumkinligini tushuntirdim, chunki xalqaro marafonlar ko‘pincha tijoriy bo‘ladi”, - deydi Xmelevskaya.

Shu tariqa, Dilfuza Allayarova xalqaro marafonlarda ishtirok etishni boshlagan. Hozir uning hisobida 15 ta yirik yugurish musobaqasi, jumladan, ikkita marafon bo‘yicha jahon chempionati bor – Chigagodagi (2023) va Sidneydagi (2024). Sidneydagi marafonda o‘z yosh toifasida u birinchilikni qo‘lga kiritgan.
Uzbekistanka Dilfuza Allayarova — lyubimiy uchitel i chempion mira po marafonu
“Bizni Rossiyaning “Sibirskoe zdorovye” kompaniyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. Dilfuza 2025-yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga taklifnoma olgan. Eng yaqin maqsad – noyabrda Samarqand marafonida qatnashish”, - deydi Allayarova murabbiyi.
Batafsil – Sputnik videosida.