"AvtoVAZ" O‘zbekistonda "Lada" yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi

“AvtoVAZ” O‘zbekistonga Lada yig‘ish uchun avtomobil komplektlarini yetkazib berishni qayta tiklashga tayyorligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi istalgan vaqtda O‘zbekistonda "Lada" yig‘ish uchun avtomobil komplektlarini yetkazib berishni tiklashga tayyor va mahalliy hamkorning qarorini kutmoqda. Bu haqda RIA Novostiga avtomobil ishlab chiqaruvchisi xabar berdi.
O‘zbekistonda "Lada" avtomobiliga talab bo‘ladi — Jamshid Xodjayev

“Biz istalgan vaqtda avtomobil komplektlarini yetkazib berishni davom ettirishga tayyormiz. Hozirda yechim mahalliy hamkor tomonida”, — deya javob berdi kompaniya vakili jurnalistlarning savoliga.

O‘zbekistonda 2021-yil sentabr oyida "ADM Jizzakh" zavodida "Lada" yig‘ilishi boshlangan. “AvtoVAZ”ning ushbu loyihadagi hamkori "Roodell" kompaniyasi edi. Biroq ishlab chiqarish to‘xtatildi.
“AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov 2023-yil bahorida avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi "Lada Vesta" hamkor zavodining ishlab chiqarish liniyasiga qo‘yilishi mumkin.
“AvtoVAZ” O‘zbekistonda yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarmoqchi – kompaniya rahbari