Silk Road Bazaar: 60 nafar hunarmand Samarqandda o‘z mahsulotlarni namoyish etdi

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Samarqandda 27-sentabr "Butunjahon turizm kuni" munosabati bilan “Xalqaro mototuristlar” va "Silk Road Bazaar" milliy-hunarmandchilik va savdo festivallari bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shaharning Islom Karimov ko‘chasida hunarmandlarning keng ko‘lamli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Ular orasida Buxoro zardo‘zlik mahsulotlari, Shahrisabz kashtalari, milliy qo‘g‘irchoqlar, qo‘y junidan tikilgan bosh kiyimlar, zargarlik buyumlari va boshqalarni uchratish mumkin bo‘ldi.
''Hunarmand'' uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi ma’lum qilishicha, tadbirda Qoraqalpog‘iston respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan 60 nafar hunarmand ishtirok etdi.
1 / 11
2 / 11
3 / 11
4 / 11
5 / 11
6 / 11
7 / 11
8 / 11
9 / 11
10 / 11
11 / 11