O‘zbekiston stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi

Qozog‘istonning Almati shahrida stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qozog‘istonning Almati shahrida stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini yakunladi.
"Quvonarlisi, unda merganlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi", — deyiladi qo‘mitas xabarida.
Qayd etilishicha, joriy yil boshida qit’a chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Behruz Sharapov bu gal ham g‘oliblikka erishib, skit dasturida ayni paytda qit’aning eng kuchli sportchilaridan biri ekanini yana bir karra ko‘rsatdi.
Batafsil:
Oltin medal: Behruz Sharapov (skit, yakkalik);
Kumush medal: Behruz Sharapov, Daniil Jalnin, Ernest Sattarov (skit, jamovaiy), Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov, Ohunjon Abduqodirov (trap, jamoaviy), Bekzod Abdurahimov (skit, yakkalik);
Bronza medal: Azamat Qayumov (trap, yakkalik), Bekzod Abdurahimov, Georgiy Popov, Timur Yenaliyev (dabl trap, jamoaviy).
1 / 4

O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi

2 / 4

O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi

3 / 4

O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi

4 / 4

O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan stenddan otish bo‘yicha Osiyo kubogida 6 ta medalga ega chiqdi