TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Chodakda “Turizm qishlog‘i” maqomini berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar hududda faoliyat yuritayotgan bir necha dam olish maskanlari va mehmon uylarini ko‘zdan kechirishdi.
Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistan po razvitiyu turizma
“Tadbir davomida bayramga tuhfa sifatida hududda barpo etilgan yana bitta zamonaviy mehmon uyi foydalanishga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda Chodakda quyidagi ekstrimal hamda 100 dan ortiq ekoturizm obyektlari faoliyat olib bormoqda:
300 ta oilaviy mehmon uyi;
4 ta dam olish maskani;
3 ta bolalar oromgohi;
2 ta xostel;
1 ta kemping;
30 ta gastironomik turizm obyekti;
uzunligi 300 metr bo‘lgan to‘rtta osma ko‘prik;
uzunligi 50 metr bo‘lgan shishali osma ko‘prik;
sun’iy sharshara;
o‘rtacha uzunligi 400 metr bo‘lgan osma dor yo‘li.
Aytilishicha, mazkur obyektlar ishga tushishi natijasida 1500 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.
Shu bilan birga, Chodakda 257 ta loyiha amalga oshirilmoqda.