TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 24-25 sentabr kunlari Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari va Rossiyadagi Belgiya-Lyuksemburg savdo palatasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) vakillari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) yagona bozori imkoniyatlarini taqdim etdilar, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
“Bizning hamkorlarimiz (Belgiya-Lyuksemburg palatasining a’zosi bo‘lgan kompaniyalar) YeOIIga a’zo barcha davlatlarda yaxshi istiqbolga ega. YeOII va G‘arbiy Yevropa ishbilarmon doiralari o‘rtasida muloqotni davom ettirish, xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyatlarini yangi imkoniyatlar haqida tezkorlik bilan xabardor qilish muhim”, - dedi delegatsiyaga hamrohlik qilgan YeIK Integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Avtandil Alibayev.
Muzokara ishtirokchilari bir-birini qo‘llab-quvvatlash va axborot almashish muhimligini ta’kidladilar. Ishbilarmonlar hamjamiyatlari o‘rtasidagi shu yo‘nalishdagi muloqot biznesni rivojlantirish va yangi bozorlarda pozitsiyalarni mustahkamlashga yordam beradi.