SputnikPRO loyihasi doirasida “Rossiya segodnya” media guruhining RIA Novosti agentligi iqtisodiy axborotlar tahririyati boshlig‘i o‘rinbosari Irina Andreyeva yangiliklar nima,ular nima uchun kerakligi va yangiliklar kun tartibini yaratish ustida qanday ishlash kerakligi haqida so‘zlab berdi.
Treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Andreyevaning so‘zlariga ko‘ra, yangiliklar va manbalar bilan ishlash qobiliyati nashrga o‘quvchilar e’tiborini jalb qilish va doimiyligini oshirish imkonini beradi.
Buning uchun doimo tezkor ishlash va yangiliklarni to‘ldirib, asl manbadan olingan ma’lumotlarni aniqlab olish kerak.
V UzGUMYa v Tashkente proshel SputnikPRO
© Sputnik/Zafar Xalilov
“Sizning vazifangiz yangiliklarni aniqlash, ma’lumotni to‘liqroq qilish uchun aniqlashtirish va uni tezda o‘quvchiga yetkazishdir. O‘quvchi biladiki, agar u to‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlarni o‘qishni istasa, sizning saytingizga kirishi kerak”, — dedi Andreyeva.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning qiziqishini tushunish va raqamlar bilan ishlashni bilish muhimdir.
“Odamlarni ko‘proq raqamlar qiziqtiradi. Biz qanchalik aqlli ekanligimiz haqida emas, balki o‘quvchi bizdan kutayotganini gapiramiz. Masalan, zavodda o‘rtacha ish haqi qancha? Qancha odam u yerga ishga kirishi mumkin? Zavod sug‘urta va qo‘shimcha to‘lovlar bilan ta’minlaydimi? U yerda oshxona bormi? Bularning barchasi o‘quvchilar uchun katta ahamiyatga ega”, — deya tushuntirdi Andreyeva.
Shuningdek, matn qaysi platformalar (ijtimoiy tarmoqlar) uchun yaratilayotgani va kimga foydali bo‘lishini tushunish ham muhimdir.
V UzGUMYa v Tashkente proshel SputnikPRO
© Sputnik/Zafar Xalilov
“Aqlli matnlar ajoyib, lekin ko‘pchilik oddiy tashvishlar bilan yashaydi: qanday qilib ishga kirish mumkin? Oilani qanday boqish mumkin? Bolalarni katta qilish, uy qurish va nafaqagacha mablag‘ yig‘ib qo‘yish. Shu bois, yangiliklar har doim shaxsiy bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak: agar yangilik sizga ta’sir qilgan bo‘lsa, demak, u o‘z ishini bajara olgan bo‘ladi”, — deb tushuntirdi mutaxassis.
Yangilik nima uchun kerak degan savolga kelsak, Andreyeva beshta asosiy sababni ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangiliklar axborot beradi, tarbiyalaydi, ijtimoiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, hokimiyatni nazorat qiladi va qaror qabul qilishga ta’sir qiladi.
V UzGUMYa v Tashkente proshel SputnikPRO
© Sputnik/Zafar Xalilov
Uchrashuv savol-javob bilan yakunlanib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, foydali maslahatlar olishdi.
V UzGUMYa v Tashkente proshel SputnikPRO
© Sputnik/Zafar Xalilov
Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi hisoblanadi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy media-menejerlar, ekspertlar va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.