Mirziyoyev BAA bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi

Strategik tarmoqlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s delegatsiyey Obyedinennix Arabskix Emiratov vo glave s zamestitelem Premyer-ministra, ministrom oboroni, Naslednim prinsem Emirata Dubay Sheyxom Xamdanom bin Muxammadom Al Maktumom.
BAA delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda hukumat ishlari vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergaviy, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazruiy, iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marriy, sun’iy intellekt masalalari va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha davlat vaziri Umar bin Sulton al-Olama ham qatnashdi.
Suhbat avvalida Shayx Hamdan Ol Maktum davlat rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning samimiy salomini yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s delegatsiyey Obyedinennix Arabskix Emiratov vo glave s zamestitelem Premyer-ministra, ministrom oboroni, Naslednim prinsem Emirata Dubay Sheyxom Xamdanom bin Muxammadom Al Maktumom.
Uchrashuvda investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, "yashil" energetika, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, raqamli transformatsiya, turizm va boshqa muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi uzoq muddatli kun tartibini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Strategik tarmoqlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s delegatsiyey Obyedinennix Arabskix Emiratov vo glave s zamestitelem Premyer-ministra, ministrom oboroni, Naslednim prinsem Emirata Dubay Sheyxom Xamdanom bin Muxammadom Al Maktumom.
Ma’lumot uchun, mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash 2023-yilda 21 foizga o‘sib, 626 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Amirliklar kapitali ishtirokida 320 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Amalga oshirilayotgan va istiqbolli investitsiya loyihalari portfeli qariyb 20 milliard dollarni tashkil etadi.