“Lukoyl”da malakali ishchi kuchiga talab juda yuqori — kompaniya vitse-prezidenti

O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga qabul qilishning joriy holati muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini “Lukoyl” kompaniyasi bilan amaldagi kelishuvi doirasida tashkiliy ishga qabul qilishning joriy holati, o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Sostoyalas vstrecha rukovodstva Agentstva po vneshney trudovoy migratsii i rossiyskoy kompanii "Lukoyl"
“Lukoyl”da malakali ishchi kuchiga talab juda yuqori. Biz aloqalarimizni kengaytirishga tayyormiz va bu masalada Agentlik bilan muvaffaqiyatga erishishimizga aminmiz”, - dedi uchrashuvda kompaniyaning vitse-prezidenti Anatoliy Moskalenko.
Uchrashuvda oylik maoshi va ijtimoiy himoya paketi yuqori darajada bo‘lgan ushbu yirik kompaniyaga O‘zbekistondan neft va gaz qazib olish sohasida faoliyat olib boruvchi malakali ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, talabgorlarni kasb-hunarga o‘qitish, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilishi ta’kidlandi.
“Lukoyl” O‘zbekistonda 20-yil ichida qancha gaz qazib olgani ma’lum bo‘ldi