Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Nasrulloh o‘ldirilganini e’lon qildi

SAHAL “Hizbulloh” tashkiloti yetakchisi va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh, shuningdek, “Hizbulloh”ning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa qo‘mondonlarni o‘ldirdi, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Livanning “Hizbulloh” harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh tashkilotning Bayrutdagi qarorgohiga uyushtirilgan havo hujumida halok bo‘ldi, deya xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari.
“Kecha SAHAL “Hizbulloh” tashkiloti yetakchisi va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh, shuningdek, “Hizbulloh”ning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa qo‘mondonlarni o‘ldirdi”, — deyiladi xabarda.
Bir kun avval Bayrutda o‘nga yaqin portlash sodir bo‘ldi. Ular qatorida Isroil harbiy-havo kuchlari Dahiya tumani markazidagi turar-joy binolari ostida joylashgan “Hizbulloh”ning asosiy qarorgohiga aniq havo hujumi uyushtirdi.
Isroil rasmiysiga ko‘ra, Tel-Aviv hujumdan bir necha daqiqa oldin AQShni bu haqida ogohlantirgan. Prezident Jo Bayden Vashington operatsiya haqida bilmasligini va unda ishtirok etmasligini aytgan.

Livan-Isroil mojarosining keskinlashuvi

O‘tgan yilning oktabr oyida G‘azo sektorida harbiy harakatlar boshlanganidan beri Livan va Isroil chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Livan Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, otishmalar tufayli yuz mingga yaqin odam mamlakat janubidagi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Tel-Avivning xabar berishicha, Isroil shimolining 80 mingga yaqin aholisi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.
Isroil bosh vaziri Livanga qarshi to‘liq kuch bilan harakat qilishni buyurdi