SputnikPro jurnalistlarga bir qadam oldinda bo‘lishga qanday yordam bermoqda

Virtual studiya, ekstremal sharoitlarda suratga olish va sun’iy intellekt — modulning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Sputnik
Sputnik, Mixail Vorobyov. "SputnikPro na Zubovskom" dasturining 2024-yil yakuniy moduli 23-27 sentabr kunlari Moskvadagi "Rossiya segodnya" xalqaro mediaguruhi binosida bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shni davlatlardan kelgan jurnalist va blogerlar eng yaxshi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, o‘z kasb mahoratini oshirish imkoniyatidan unumli foydalandi.
Bu safar modulda ishtirok etish uchun Rossiya poytaxtiga 12 kishi keldi: Qozog‘iston va O‘zbekistondan uchtadan, Belarus va Qirg‘izistondan ikkitadan, Ozarbayjon va Janubiy Osetiyadan bir nafardan.
Zaklyuchitelniy v 2024 godu modul programmi "SputnikPro na Zubovskom" sostoyalsya s 23 po 27-sentabrya v stenax mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya" v Moskve.
Ularning yarimi, jumladan, bloger Dilshod Hoshimov va Toshkent shahar hokimligining mustaqil muxbiri, PR bo‘yicha mutaxassis Firuza G‘ofurova dasturda ilk bor ishtirok etmoqda, qolganlari, jumladan, "Kursiv Media Uzbekistan" va O‘zgidromet matbuot xizmati xodimi Timur Temirov uchun bu ikkinchi tajriba.
Dastur ishtirokchilariga murojaat qilgan ma’ruzachilar orasida mediaguruh bosh muharriri o‘rinbosari Natalya Loseva, ijrochi direktor Kirill Vishinskiy va teleboshlovchi Armen Gasparan ham bor.

"Armen Sumbatovich biz, yosh jurnalistlarga jonli efirda qanday qilib noqulay vaziyatga tushib qolmaslik haqida maslahatlar berdi", – deydi Firuza G‘ofurova.

Mutaxassislar mehmonlarga telegram kanallarini yaratish va yuritish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash, video suratga olish, montaj qilish, jurnalist faoliyatining huquqiy va axloqiy jihatlari haqida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.
Zaklyuchitelniy v 2024 godu modul programmi "SputnikPro na Zubovskom" sostoyalsya s 23 po 27-sentabrya v stenax mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya" v Moskve.
RIA Novosti agentligining tajribali fotomuxbiri Sergey Bobilev ishtirokchilarga o‘zining eng yaxshi kadrlarini namoyish etdi. U sport tadbirlarida, jumladan, suv ostida va prezident inauguratsiyasida qo‘lida kamera bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari bilan o‘rtoqlashdi. U tez-tez ekstremal sharoitlarda ishlashga majbur bo‘lgani haqida ham aytib berdi: Maxsus operatsiya zonasi, Tog‘li Qorabog‘da drondan suratga olish, va "Krokus"dagi shafqatsiz terakt vaqtida qanday ishlagani haqida.
Loyiha menejeri Pavel Andrushin birinchi marta Zubovskiydagi SputnikPro ishtirokchilariga sahnalar va bezaklarni yaratish va boshqarish uchun VR studiyani sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi. Studiya ijtimoiy-siyosiy dasturlar, yangiliklar va ob-havo prognozlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Sun’iy intellekt (SI) mavzusi modulning diqqat markazida bo‘ldi. Ishtirokchilar uchun bu endi yangilik emas: agar bir yil oldin ko‘pchilik bu texnologiya haqida birinchi marta eshitgan bo‘lsa, hozir ular SIdan foydalanish tajribasiga ega. Mehmonlar neyron tarmoqlarning ijobiy va salbiy tomonlarini ham bilishadi. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar: qaysi hollarda neyron tarmoqqa ishonish mumkin va qachon buni qilmagan afzal.
“Mashg‘ulotlar davomida sun’iy intellekt, telegram kanallari, suratga olish, intervyu o‘tkazish kabi mavzularni muhokama qildik. Professionallardan bilim olish qiziq edi. Men birinchi marta Rossiya poytaxtiga tashrif buyurdim va Kremlni ko‘rdim. Markazda biroz adashib qoldim, ammo moskvaliklar yo‘l ko‘rsatishdi”, - deydi Dilshod Hoshimov.
Modulda ikkinchi bor ishtirok etayotganlar o‘tgan yili Moskvaga qilgan safari ularning ishini yanada samarali va osonlashtirganini ta’kidlamoqda. Ko‘pchilik jurnalistikaga yangicha qarashga, ishga yondashuvlarini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijalar uzoq kutilmadi.
Zaklyuchitelniy v 2024 godu modul programmi "SputnikPro na Zubovskom" sostoyalsya s 23 po 27-sentabrya v stenax mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya" v Moskve.
“O‘tgan yili bu yerda bo‘lgan tajribam hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Men bir nechta ishlarga ega bo‘ldim, ular meni yangi loyihalarga taklif qila boshladilar va men obunachilar sonini ko‘paytirdim. Bu yerda har bir ma’ruzachi o‘z sohasining professionali”, — dedi Timur Temirov.
Rossiya — postsovet hududida ommaviy axborot vositalari va mediatexnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi, dedi Kirill Vishinskiy Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
“Bizning agentlik bu erda birinchi o‘rinda turadi. Hamkasblar yangi texnologiyalar va tendensiyalarni ko‘rishadi. Ular malakali va tajribali. Ular mahalliy va dunyoda nimalar bo‘layotgani bilan qiziqadi”, — deya qo‘shimcha qildi mediaguruh ijrochi direktori.
"SputnikPro na Zubovskom" loyihasi 2023-yilda tashkil etilgan. Chet ellik mehmonlar Moskvaga o‘qishga taklif etila boshlandi. O‘shandan beri sakkizta modul, jumladan, besh kunlik ma’ruzalar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar dasturi bo‘lib o‘tdi. Ikki yil ichida ularda 64 nafar talaba qatnashdi, ulardan 32 nafari loyihaning ikki mavsumida tahsil oldi.
Zaklyuchitelniy v 2024 godu modul programmi "SputnikPro na Zubovskom" sostoyalsya s 23 po 27-sentabrya v stenax mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya" v Moskve.