TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruhi o‘qituvchi, tarbiyachi va mutaxasislarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
"<...> yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarimizni Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun", - deyiladi farmon matnida.
"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" faxriy unvoni bilan
Matmuratov Ixtiyor Kurbonboyevich - Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati.
Raupov Ilos Axadovich - G‘ijduvon tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan
Achilova Manzura Sheraliyevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining akademik litseyi matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Karimov Suyun Amirovich - Samarqand davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Samarqand viloyati
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan
Mendibayev Baxram Rustamovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha katta murabbiysi
Shuningdek, "Mehnat shuhrati" ordeni bilan — 4 nafar o‘qituvchi va tarbiyachilar, "Do‘stlik" ordeni bilan — 16 nafar o‘qituvchilar, II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan — 15 nafar o‘qituvchilar, "Sog‘lom turmush" medali bilan — 9 nafar o‘qituvchilar, "Shuhrat" medali bilan — 45 nafar o‘qituvchi va mutaxassislar taqdirlandi.