Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari DXRda Lesovkani ozod qildi

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov harbiylarni tabrikladi
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya qurolli kuchlari DXRda Lesovkani ozod qildi, mudofaa vaziri Andrey Belousov bu bilan harbiylarni tabrikladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Andrey Belousov 114-alohida otishma brigadasi qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibiga telegramma yo‘lladi. Harbiy idora boshlig‘i harbiy xizmatchilarni Donesk Xalq Respublikasining Ukrainsk va Lesovka aholi punktlari dushmandan ozod qilingani bilan tabrikladi”, - deyiladi xabarda.
Belousovning ta’kidlashicha, 114-brigada eng qiyin yo‘nalishlarda jangovar topshiriqlarni bajaradi va uning jangchilari "mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatib, Donesk tuprog‘ida dushmanni qat’iy mag‘lub etishadi".
Jangovar vazifalarni bajarishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun harbiy xizmatchilar ikki mingdan ortiq davlat mukofotlari va nishonlar bilan taqdirlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun oldin “Markaz” guruhining bo‘linmalari DXRda Ukrainskni ozod qilganini e’lon qilgandi.
Ukrainsk va Lesovka Selidovo yonida joylashgan. DXR rahbari maslahatchisi Igor Kimakovskiyning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari bu shaharga allaqachon uch tomondan yaqinlashgan. Buning ortidan Rossiya qo‘shinlari uchun Krasnoarmeyskka (Pokrovsk) yo‘l ochiladi, u DXR g‘arbidagi dushman uchun eng yirik va strategik ahamiyatga ega aholi punktlaridan biri.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Qurolli kuchlari askarlari birinchi imkoniyatdayoq qochishga harakat qilmoqda — asir