O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Uchrashuvda o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Sostoyalos vsestoronnee obsujdenie aktualnix tem nashego strategicheskogo partnerstva, a takje podgotovki k predstoyashim meropriyatiyam visshego i visokogo urovney.
“Strategik sherikligimizning dolzarb mavzulari, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdik. An’anaga ko‘ra, hamkorligimiz kun tartibi keng bo‘lib, barcha sohalarni qamrab oladi”, - deb yozadi Saidov.
Qayd etilishicha, uchrashuvda o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.
Sostoyalos vsestoronnee obsujdenie aktualnix tem nashego strategicheskogo partnerstva, a takje podgotovki k predstoyashim meropriyatiyam visshego i visokogo urovney.
Shuningdek, ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Saidov Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi