TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatchi Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari orasida ko‘pchilik jang qilishni istamasligini va birinchi imkoniyatdayoq qochishga harakat qilayotganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, Nikolay Tagon "Ukraina tomonidagi frontdagi vaziyat og‘irligini, bo‘linmalarda odamlarning halokatli yetishmasligini, ko‘pchilik jang qilishni xohlamasligini va birinchi imkoniyatdayoq qochishga harakat qilayotganini aytadi".
Asir Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda aytganidek, u, boshqa ko‘plab ukrainalik erkaklar singari ko‘chada harbiy xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng Tagon bir oyga xandaq qazishni va avtomatdan otishni o‘rganish uchun yuborildi.
U hamkasblari bilan jangovar aloqa chizig‘i yaqinidagi olis obyektni qo‘riqlash topshirig‘ini bajarayotganda qo‘lga olingan. U yerda ukrainalik askarlar bir nechta uchuvchisiz uchish apparatlarini, keyin esa rus askarlarining “Chiqinglar!” deb baqirganini eshitishdi. Ular bu ko‘rsatmani bajarishga shoshilishdi.