O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlament saylovlari: MDH kuzatuvchilari Toshkent viloyati saylov komissiyasini borib ko‘rishdi

MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini kuzatishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) kuzatuvchilari Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasini borib ko‘rishdi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
MDH PA Kengashi bosh kotibi maslahatchisi Sergey Karavayev va MDH PA ishtirokchi davlatlarda demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DRMXI) ekperti Stanislav Tkachenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining uzoq muddatli monitoringini boshladi.
MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini kuzatishni boshladi
Qayd etilishicha, MDH PPA kuzatuvchilari Nuravshon shahridagi Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasiga tashrif buyurib, komissiya raisi Ulug‘bek To‘xtayev bilan uchrashdi.
“Komissiya barcha darajadagi saylovlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan yirik hududiy tuzilmalardan biridir. Toshkent viloyati komissiyasining hududiy va mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorligi haqidagi savolga javob berar ekan, Ulug‘bek To‘xtayev saylovga tayyorgarlik ko‘rishda ular, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni ijobiy baholadi”, — deyiladi MDH PA xabarida.
Aytilishicha, viloyat komissiyasi tomonidan saylov uchastkalarini jihozlash, imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berish uchun binolardan foydalanishi, shuningdek, harbiy qismlar va tibbiyot muassasalaridagi maxsus saylov uchastkalarida ovoz berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga Toshkent viloyatida bir mandatli 7 ta saylov okrugi tuzildi hamda respublika partiya Kengashlari tomonidan 35 nafar nomzod ko‘rsatildi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga 60 ta saylov okruglari tuzildi. Mazkur okruglarga 5 ta partiyadan 300 nafar nomzod ko‘rsatildi. Shahar-tumanlarda deputatlik o‘rinlariga jami 530 ta o‘rin belgilangan bo‘lib, to‘liq nomzodlar taqdim etildi. Hududda 1 ming 6 ta saylov uchastkasi tuzildi.
Kuzatuvchilar, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan ham uchrashishdi. Qayd etilishicha, kuzatuv guruhi a’zolari saylovning qisqa muddatli monitoringini o‘tkazish davrida guruh va Markaziy saylov komissiyasining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida ham kelishib olishdi.
MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini kuzatishni boshladi
“Markaziy saylov komissiyasi rahbari kuzatuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi parlamentiga navbatdagi saylovga tayyorgarlikning borishi haqida ma’lumot berdi. U barcha darajadagi saylov komissiyalarini shakllantirish va tayyorlash bosqichi yakunlangani va saylovoldi tashviqoti boshlanganini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Nizamxodjayev MDH PA bilan konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.
“MDH PA Markaziy saylov komissiyasining Hamdo‘stlik mamlakatlari bo‘yicha saylov sohasidagi hamkorlaridan biri bo‘lishi bilan birga, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlarni monitoring qilish va uning natijalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Saylovning huquqiy asoslarini takomillashtirishda xalqaro tashkilotlar, saylovni kuzatish missiyalari, xususan, MDH PAning tavsiyalarini milliy qonunchiligimiz va amaliyotimizga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda”, — deya xabar berdi MSK matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, kecha MDH missiyasi O‘zbekiston parlamenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi. O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovi 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, saylovoldi tashviqoti 26-iyuldan boshlandi, nomzodlar 22-sentabrdan boshlab saylovoldi tashviqotini olib bormoqda.