Toshkentdan Moskvaga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

Transport vazirligi: 4-yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan Moskvaga yo‘lovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkentdan Moskvaga yo‘lovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklandi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda poyezdlar qatnovi COVID-2019 pandemiyasi tufayli 2020-yilda to‘xtatilgan edi. 4-yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan Moskvaga yo‘lovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklandi.

“24 sentabr kuni soat 19:55 da 505-sonli Toshkent – Moskva poyezdi “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan tantanali tarzda kuzatildi. Ushbu tarkib so‘nggi manzilga 27-sentabr kuni soat 23:12 da (Moskva vaqti bilan) Paveleskiy temir yo‘l vokzaliga yetib boradi”, — deyiladi xabarda.

Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi 506-sonli poyezd qatnov esa 28-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 05:40 da Paveleskiy vokzalidan Toshkent shahri tomon harakatni boshlaydi.
Ushbu yo‘nalish “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzaliga joriy yilning 1-oktabr kuni erta tongda Toshkent vaqti bilan 08:25 da yetib keladi.