Rossiyalik shifokorlar Toshkentda 15 taga yaqin murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi

O‘zbekistonda 23-27 sentabr kunlari “Mehr Missiyasi” ko‘ngillilar aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Rossiyalik shifokorlar ikki kun davomida Toshkentda 15 taga yaqin murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonda 23-27 sentabr kunlari “Mehr missiyasi” ko‘ngillilar aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida rossiyalik shifokorlar ikki kun davomida Toshkentda 15 taga yaqin murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ulgurishdi.
Rossiyskie vrachi za dva dnya proveli v Tashkente okolo 15 slojnix xirurgicheskix operatsiy
Mutaxassislar orasida kardiojarroh, urolog, onkolog, qon tomir jarrohi va angiolog bor. Bundan tashqari, shifokorlar o‘zbekistonlik hamkasblari uchun mahorat darslari o‘tkazib, bemorlarga maslahatlar berishdi.
1 / 2
2 / 2
Aksiya haqida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nodir Satvaldiyev batafsil to‘xtalib o‘tdi.
"Biz to‘rtta klinika – Toshkent shahar onkologiya shifoxonasi, 4-sonli shahar klinik shifoxonasi, tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasini tanladik. Ular Toshkent shahrida yashovchi 3 milliondan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ikki kun davomida har bir klinikada kamida ikkita yuqori texnologiyali operatsiya o‘tkazildi. Ularning hammasi bepul amalga oshirildi. Bularning barchasini tashkil etgan rossiyalik hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz", — dedi Nodir Satvaldiyev.
Shuningdek, ko‘ngillilar aksiyasi doirasida “Rossiya temir yo‘llari-tibbiyot” klinik shifoxonasi vakili noyob tibbiy poyezd haqida gapirib berdi. Poyezd mobil maslahat va diagnostika markazi hisoblanadi.
"Rossiya temir yo‘llari" AJ filiali - Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi tibbiy faoliyat bo‘limi boshlig‘i Natalya Kostenkoning so‘zlariga ko‘ra, Mobil maslahat va diagnostika markazi 14 ta vagonni o‘z ichiga oladi, ulardan 8 tasi tibbiy maqsadlarda, xususan, radiodiagnostika, laboratoriya, jarrohlik va terapevtik vagon.
"Biz noyob poyezdimizni ishga tushirdik. Bu borish qiyin bo‘lgan hududlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan g‘ildirakli klinika. Biz Rossiya Federatsiyasining 71 ta subyekti hududida, ya’ni klinikalarimiz mavjud bo‘lgan deyarli butun Rossiya hududida joylashganmiz. Tarmog‘imiz bo‘ylab 53 mingdan ortiq xodim ishlaydi, ulardan 10,5 ming nafari tibbiyot xodimlaridir. 267 dan ortiq yirik poliklinika majmualari, 91 shifoxona ko‘p tarmoqli kechayu kunduz ishlaydigan shifoxonalar bo‘lib, ularda tibbiy yordamning barcha profili, 15 mingdan ortiq tunu-kun o‘rinlar mavjud", — dedi Natalya Kostenko.
Aytilishicha, nafaqat temiryo‘lchilar, temir yo‘l sohasi pensionerlari, balki hududiy aholi ham bizga bog‘lanib, majburiy tibbiy sug‘urta dasturi doirasida ularga ham barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Poyezd yiliga 1000 nafargacha bemorni qabul qila oladi.