Rostov viloyati O‘zbekistonga parranda go‘shtini eksport qilishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, tomonlar sayyohlarni jalb etish va madaniy aloqalarni mustahkamlash borasida ham hamkorlik qilish niyatida.
Sputnik
Rostov viloyati parranda go‘shtini O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya viloyati gubernatori Vasiliy Golubev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rostov viloyati nafaqat yirik sanoat hududi, balki agrosanoat markazi hamdir. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rostov viloyatiga ham, O‘zbekistonga ham turli mahsulotlar yetkazib berish bilan bog‘liq ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
“Bosh vazir buni alohida ta’kidlab, o‘z yordamchilariga imkoniyatlarni o‘rganishni topshirdi. Biz taqdim etishga tayyormiz. Masalan, kurka va tovuq go‘shtini juda katta hajmda ishlab chiqaramiz”, — dedi gubernator O‘zbekiston bosh vaziri bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Tomonlar, shuningdek, sayyohlarni jalb qilish va madaniy aloqalarni mustahkamlash sohasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.
"Biz 2025-yilda “Rostov viloyatining O‘zbekistonda madaniyat kunlari”ni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldik. Biz mexanizmlarni ishlab chiqamiz, biz bu haqda allaqachon prinsipial ravishda kelishib oldik va men bu haqda bosh vazirni xabardor qildim”, — dedi u.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.