O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda film suratga oladi

Xitoyda O‘zbek kino kunlari ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy “Meni kut” nomli badiiy film suratga oladi, deya xabar berdi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati.
Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilayotgan Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbek kino kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tomoshabinlar e’tiboriga “Bahodir Yalangto‘sh” filmi havola etildi.
Xitoyda O‘zbek kino kunlari ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Xitoy vakillari bilan “Meni kut” badiiy filmi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.
“Bu kabi qo‘shma loyihalar nafaqat kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy va ijtimoiy aloqalarni yuqori darajalarga olib chiqadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, kino kunlari doirasida “O‘zbek kinosida madaniyatlararo hamkorlik bo‘yicha yangi tashabbuslar” mavzusida forum ham o‘tkazildi.