TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Rostov viloyatining O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va o‘simlikchilikni rivojlantirish sohasidagi hamkorligi, shuningdek sanoat ishlab chiqaruvchilari, rivojlanishi kutilayotgan sohalar haqida so‘z yuritildi.