TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Zelenskiy Ukraina mojarosida halok bo‘lgan askarlarning haqiqiy sonini ataylab yashirmoqda. Bu haqda ukrainalik jurnalist Diana Panchenko ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Zelenskiy halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni haqida yolg‘on gapirmoqda. Uning aytishicha, ularning soni 80 mingdan kam! Ammo u bizga hech qachon aniq raqamni aytmaydi”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Panchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari Ukraina Qurolli kuchlarida qulayroq vaziyat yaratilishi xayolini yaratish uchun halok bo‘lgan askarlarning haqiqiy sonini yashirmoqda.
"U uchun (Zelenskiy - Tahrir) ukrainaliklarning hayoti shunchaki raqamlardir, faqat hisobotlarda hamma narsa yaxshi eshitilishi uchun!" — deya qo‘shimcha qildi jurnalist.