TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda A.Chexovning “Vanya amaki” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Uni Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov boshchiligidagi Moskva Guberniya teatri taqdim etdi.
“Bu yerga gastrol bilan kelganimiz men uchun — eng qimmatlisi. Balki mo‘’jiza ro‘y berib, O‘zbekistonga Buyuk bolalar festivali aks-sadosini olib kelamiz. Bu butun oila va bolalar uchun bir haftalik bayramdir. Ular uchun yaratilgan eng yaxshi narsalar: animatsiya, kino, qo‘g‘irchoq va musiqali teatr, adabiyot, mahorat darslari - bu bolalar uchun ajoyib bayram haftasi", — dedi u spektakl oldidan jurnalistlar bilan suhbatda.
Shuningdek, gastrol doirasida teatr toshkentlik tomoshabinlarga A. de Sent-Ekzuperining “Kichik Shahzoda” nomli asari asosidagi bolalar musiqali spektaklini taqdim etadi.
Chexovning “Vanya amaki” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
Ma’lumot uchun, Sergey Bezrukov uchun “Vanya amaki” Chexov asarlari asosidagi ikkinchi spektakldir. Bezrukov "Vanya amaki" rolida cheksiz his-tuyg‘ularni namoyish etib, uzoq vaqt davomida orzular va saroblarda yashagan munosib va iste’dodli shaxsning butun dramasini ochib beradi.