O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

MSK saylovoldi tashviqotlarni boshlash sanasini e’lon qildi

Partiyalar va nomzodlarga saylovoldi tashviqotini boshlash sanasi hamda OAVda partiyalar chiqishlarining ketma-ketligi belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Nomzodlar va partiyalarga 22-sentabrdan saylovoldi tashviqotni boshlashga ruxsat berildi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasining (MSK) 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida e’lon qilindi.

"Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga 2024-yil 22-sentabrdan ruxsat berildi", - deyiladi xabarda.

MSK qarori bilan davlat markaziy va hududiy teleradiokanallari hamda gazetalarida nomzodlar va partiyalar saylovoldi tashviqoti uchun bepul efir vaqti hamda nashr maydoni hajmi ajratildi.
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida va “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla” radiokanallarida siyosiy partiyalarga tashviqot ishlarini olib borish uchun bepul efir vaqtlari ajratildi.

Siyosiy partiyalar OAVda chiqishlarida quyidagi navbat belgilandi:
1.
O‘zLiDeP
2.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;
3.
Ekologik partiyasi;
4.
Xalq demokratik partiyasi;
5.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi.
Shuningdek, tashviqot olib borishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanganda, bu belgilangan tartibga ko‘ra amalga oshirilishi kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Parlament saylovi uchastkalari qaysi davlatlarda tuzilishi ma’lum bo‘ldi